Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov-2017 natijalari: O‘zLiDeP yetakchilikni saqlab qoldi

Saylov-2017 natijalari: O‘zLiDeP yetakchilikni saqlab qoldi

Foto: «www.elections.uz»

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish buyicha yagona matbuot markazida saylovning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi X.Karimov tashkil etilgan barcha 330 saylov okrugidan deputatlar to‘liq saylanganini ma’lum qildi. Saylovda Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchilarning 1 million 267 mingdan ortiqrog‘i ishtirok etgan. Bu saylovchilar umumiy sonining 81,2 foizini tashkil etadi.

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 54, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 49, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 37, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 53 nafar fuqaro deputat etib saylandi.

Saylangan 330 deputatning 254 nafarini erkaklar, 76 nafarini ayollar tashkil etadi. 20 nafar deputat 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring