Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelidagi gaz muammosi. Mutasaddilar bu masalani joyiga chiqib o‘rganishdi

Sergelidagi gaz muammosi. Mutasaddilar bu masalani joyiga chiqib o‘rganishdi

Foto: «Sputnik»

Yaqinda ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali Toshkent shahar Sergeli tumanining 11-mavzesidagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimining qish mavsumida keskin pasayib ketgani haqida axborotlar tarqatilgan edi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan ushbu masala joyga chiqib o‘rganildi. Aniqlanishicha, tumanning 11-mavzesidagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimining qish mavsumida keskin pasayib ketgani haqida xorijiy axborot vositalarida tarqatilgan axborotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Joydagi gaz taqsimlash punktlari o‘rnatilgan parametrlar doirasida ishlayotgani, ya’ni GTPga kirib kelayotgan tabiiy gazning bosimi 1 kg/sm. kv., chiqish bosimi 300 mm. suv ustuniga tengligi aniqlanib, u me’yorga mosligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari yig‘ini raislari tomonidan 11-mavzeda gaz ta’minoti va gaz bosimi bo‘yicha hech qanday shikoyat yo‘qligi bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring