Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergey Shoygu: «Suriyadan O‘zbekistonga xavf solayotgan xalqaro terrorizm tahdidi tobora kuchayib bormoqda»

Sergey Shoygu: «Suriyadan O‘zbekistonga xavf solayotgan xalqaro terrorizm tahdidi tobora kuchayib bormoqda»

Foto: O‘zA

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Rossiya harbiy mahkamasi rahbari O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik aniq mazmun va muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Bu, avvalo, O‘zbekiston chegaralari yonida mavjud bo‘lgan tahdid va xatarlar bilan bog‘liq, albatta. Suriyadan qo‘shni mamlakatlarga, mintaqalarga, shu jumladan, O‘zbekistonga xavf solayotgan xalqaro terrorizm tahdidi tobora kuchayib borayotganini qayd etmay bo‘lmaydi.

Bugun biz Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashmoqda, xavfsizroq bo‘lmoqda, deb ayta olmaymiz. Shuni hisobga olish kerakki, Suriyadan ketayotgan guruhlar Afg‘onistonga ham o‘tmoqda. Albatta, bunday vaziyatda zarurat tug‘ilganda davlat manfaatlari himoyasiga turishga qodir harbiy mutaxassislarni tayyorlash alohida o‘rin tutadi», deb ta’kidladi Rossiya mudofaa mahkamasi rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring