Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov tajribali raqibini nokautga uchratdi (video)

Shahram G‘iyosov tajribali raqibini nokautga uchratdi (video)

Foto: «Youtube»

Bugun tongda boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi 4-jangini o‘tkazdi.

AQShda tashkil etilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi ganalik tajribali Albert Mensaga qarshi ringga ko‘tarildi. Afrikalik bokschi shu vaqtga qadar 38 ta jang o‘tkazib, ularning 31 tasida g‘olib bo‘lgan, 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Shahram jangning dastlabki raundlaridan tezligi evaziga ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Uning ketma-ket va kuchli zarbalaridan raqibi 3-raundda nokaut holatiga tushdi va jang muddatidan avval yakunlandi.

Shu tarzda Shahram G‘iyosov professional ringdagi 4-jangida ham ishonchli g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring