Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahzoda Salmon: «Hamma qarzlarni uzaman»

Shahzoda Salmon: «Hamma qarzlarni uzaman»

Foto: «Spor.haber7.com»

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon mamlakatdagi barcha futbol klublarining hamda milliy terma jamoasining tashqi qarzlarini uzishini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7» xabar tarqatmoqda.

«Arab News» sayti ma’lumotlariga ko‘ra qarzlarni uzish va yangi mavsum uchun valiahd shahzoda 340 million AQSh dollari ajratishini aytgan.

Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatida Rossiyaning raqibi sifatida maydonga tushadi.

Ikkala terma jamoa 14-iyun kuni jahon chempionatining ochilish marosimidan keyin Moskva shahridagi «Lujniki» stadionida uchrashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring