Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shakira Ispaniya soliqchilariga 20 million yevro to‘ladi

Shakira Ispaniya soliqchilariga 20 million yevro to‘ladi

Foto: «Sundaynews.info»

Kolumbiyalik taniqli qo‘shiqchi Shakira soliq organlari talablarini bajarish uchun Ispaniya hukumatiga 20 mln. yevro to‘lagani haqida «Pais» gazetasi xabar tarqatdi.

Xonanda 2010 — 2017-yillarda ispaniyalik taniqli futbolchi Jerar Pike bilan yashagan. Juftlik o‘z munosabatlarini rasman 2011-yili oshkor qildi, ammo Shakira faqat 2015-yili soliq organlari hisobiga qo‘yilgan. Shuning uchun ham soliqchilarda xonanda garchi bu vaqtda asosan Ispaniyada yashagan bo‘lishiga qaramay, to‘rt yil davomida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan degan shubha paydo bo‘lgan.

Nashrning ma’lumot berishicha, to‘langan mablag‘ Kataloniya soliq inspeksiyasi tomonidan 2011-yili rasmiylashtirilgan talablarga taalluqli. Ya’ni xonanda soliq organining oxirgi qarori ustidan arz qilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun «qarzdorlik»ning birinchi transhini yopishi shart.

Bungacha xonandaning vakillari u Ispaniyada soliq rezidenti hisoblanishi uchun qonunda belgilangan me’yor — 183 kundan kam yashaganini bildirishgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring