Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Bangladesh xalqiga, prezident Abdul Hamid va Bosh vazir Shayx Hasina Vazedga chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dakka shahridagi uylardan birining yonishi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Yong‘inga gaz balloni portlashi sabab bo‘lgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring