Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Davlatimiz rahbari Buxoroda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu zavodlar qurilishining borishi bilan tanishadi», — deb yozadi Allamjonov.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring