Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Daniya qirolichasiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Daniya qirolichasiga ta’ziya bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-fevral kuni Daniya qirolichasi Margrete II nomiga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

«Turmush o‘rtog‘ingiz, shahzoda Xenrik hazrati oliylarining vafoti haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi», deyiladi maktubda. Shavkat Mirziyoyev qirolicha va qirollik oilasi a’zolariga chuqur hamdardligini izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik kecha, 13-fevral kuni vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring