Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev internet tezligi 2,5 barobarga oshirilishini qayd etdi

Shavkat Mirziyoyev internet tezligi 2,5 barobarga oshirilishini qayd etdi

Internet tezligi kelgusi yilda 2,5 barobarga oshiriladi.

Foto: «Pinterest»

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro tajribalar asosida barcha investorlarga bepul uzluksiz mobil aloqani tashkil etish tashabbusini ilgari surdi, deb xabar berdi «Sputnik».

O‘zbekistonda internet tezligi kelgusi yilda 2,5 barobarga oshiriladi, dedi Prezident parlamentga Murojaatnomasida.

Davlat rahbari aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish maqsadida uzoq tumanlarda 2 ming kilometr optik tolali aloqa tizimlarini qurish ko‘zda tutilayotgani, shuningdek, internet o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga oshirish va 4 mingdan ortiq tayanch mobil aloqa stansiyalari ishga tushirilishini qayd etdi.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida 600 dan ortiq aholi maskanlari internet va mobil xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda xalqaro internet kanaliga ulanish tezligi joriy yilning birinchi choragida 65,7 Gbit/s.ni tashkil etgan edi. Hozirda bu ko‘rsatkich 104 Gb/s.ga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring