Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ehson tadbirida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ehson tadbirida ishtirok etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘ydi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirgani haqda xabar bergan edik.

Bugun shuningdek, poytaxtimizdagi «Navro‘z» marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Qur’on tilovat qilindi. Tadbirda Respublika vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik hamda yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring