Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Foto Prezident matbuot xizmati

Prezident «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zAda e’lon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

  • 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi);
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Idoralararo komissiya)ning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilindi, ularning zimmasiga:

  • joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks o‘rganish;
  • joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holatito‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklandi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring