Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, «Daromad baxt omad» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, — dedi Prezident. — Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo‘lsa, shuni ekish kerak. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.

Ma’lumot uchun, gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring