Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi
2017-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlar, keng ko‘lamdagi qurilish bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat rahbari 2017-yil 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi.
Masalan, nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda «Sahrodagi Luvr» deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter