Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Rahbarlarning oyog‘i yerdan uzilmasligi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Rahbarlarning oyog‘i yerdan uzilmasligi kerak»

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Hamma joyda o‘zim yurganimning sababi — boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o‘rganishi, oyog‘i yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p rejalar bilan keldik, — dedi davlat rahbari.

Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, «Obod qishloq» dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

— Ko‘ryapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartiryapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘ryapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring