Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman» — Tramp qabul marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

«Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman» — Tramp qabul marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Donald Tramp O‘zbekiston Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi oqshomda Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qilayotgan qabul marosimida ishtirok etayotganlarga o‘z salomlarimni yo‘llayman.

Amerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoyevga uning Oq uyga amalga oshirgan tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda murakkab masalalar va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgan bir paytda muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Men Amerikaning mintaqadagi ta’minot yo‘llarini qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va Afg‘oniston bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalashga bo‘lgan safarbarligi uchun u rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman.

Prezident Mirziyoyev meni ishontirib ta’kidladiki, O‘zbekistonda katta maqsadlarni ko‘zlovchi islohotlar dasturi bardavom va muqarrardir. Men aminmanki, Prezidentning inson huquqlarini himoya qilishga qaratayotgan e’tibori uning xalqi hayotini yanada ulkan farovonlik va barqarorlikka yetaklaydi. Birgalikda biz O‘zbekistonda hisobdorlik va shaffoflik masalalarini yanada yaxshilay olamiz. Bu esa Amerika kompaniyalarining faoliyati uchun zamin hozirlab, mamlakatlarimizdagi bandlikni oshirishga yordam beradi.

Melaniya va men Prezident Mirziyoyev va Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevaga Amerika Qo‘shma Shtatlariga qilgan unutilmas tashriflari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Bilaman, bu yangilangan hamkorligimiz va bizning ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boshlanishi xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring