Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev senatorlarga: «Sizlarni hamma yomon ko‘rishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev senatorlarga: «Sizlarni hamma yomon ko‘rishi kerak»

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda senatorlarda dadillik yetishmayotgani, ijtimoiy muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarga sustkashlik bilan yondashilayotganini tanqid qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

«89-yillarda deputat bo‘lib yurganimda Senat yalpi majlislari qanday o‘tganini juda yaxshi eslayman. Qanday fikrlar, bahslar bo‘lardi. Oborib obkelishardi. Bugunchi, jim-jitlik. Ura-ura, qarsakbozliklarni yig‘ishtirib, ishlashimiz kerak. Majlisdan quruq ketmanglar, yelkalaringda mas’uliyat bilan ketinglar.

Biz uzoq yillar mobaynida deputat, senatorlardan kam taklif bo‘lsa, xursand bo‘lib o‘rganib qoldik. Vaholanki, jamiyatdagi muammolarni hal qilishda sizlardan ko‘proq takliflar, tashabbuskorlik talab etiladi.

Galstugingizni yechib, ko‘ksingizdagi znachogingizni yechib, har oy bir tumanga boring. U yerdagi ijro organlari faoliyatini nazorat qiling. Mutasaddi tashkilotlarga taklif kiriting. Kerak bo‘lsa, menga xat yozinglar, administratsiyaga kelib, qabulimga yoziling.

Sizlarni hamma yomon ko‘rishi kerak, juda jonga tegdi shu muammolarni aytaverib, deyishi kerak. Menga shu kerak, menga shu yoqadi. Prezident hamma muammoni o‘zi hal qilishi kerak, desalaring, men tashqi siyosat bilan shug‘ullana olmayman. Shuning uchun har bir znachok taqqan senator mas’uliyatni his etishi kerak. Uyg‘oninglar, ertaga kech bo‘ladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring