Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘lda mahalliy aholi bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘lda mahalliy aholi bilan muloqot qildi

Foto: «Rresident.uz»

Ayni damda Toshkent viloyatida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l shahridagi «Fayzli» mahalla fuqarolar yig‘iniga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yerda Yangiyo‘l shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari «Fayzli» mahallasi profilaktika inspektori uyida bo‘ldi.

Shuningdek, Prezident mahalliy aholi bilan ham muloqot qildi. Yangiyo‘l shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarni to‘liq ta’mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring