Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shayxontohur tumaniga prokuror tayinlandi

Shayxontohur tumaniga prokuror tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 14-avgustdagi buyrug‘i bilan Oybek Anvarjonovich Xoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

O.A.Xoshimov 1978-yilda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy-huquqshunos, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Andijon viloyati Bo‘z tumani prokuraturasida boshlab, keyinchalik Andijon va Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlab, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yilning mart oyidan Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring