Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov AQShda Jahon banki vakili bilan uchrashdi

Sherzod Shermatov AQShda Jahon banki vakili bilan uchrashdi

Foto: Mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi AQShga tashrifi doirasida Jahon bankining raqamli rivojlanish kotibiyati direktori Kristin Jenvey Kiang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Mitc.uz
Foto: Mitc.uz

AKT vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etgan ushbu uchrashuvda hukumatning «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini amalga oshirishni keng va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Raqamli O‘zbekiston» ko‘p bosqichli investitsiya operatsiyasi — «soyabon» shaklidagi dasturning amalga oshirilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, «2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» doirasida raqamlashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar masalasiga ham e’tibor qaratildi.

«O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik» deb nomlangan kichik maqsadli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish loyihasini o‘z ichiga olgan ushbu asosning birinchi bosqichini amalga oshirishda O‘zbekiston uchun Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assosiatsiyasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha ham fikrlashilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring