Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov: «Energetika sohasidagi o‘zgarishlarsiz «aqlli shaharlar», «qulay investitsiya muhiti yaratish» va hokazolar haqidagi so‘zlar quruq gap bo‘lib qoladi»

Sherzod Shermatov: «Energetika sohasidagi o‘zgarishlarsiz «aqlli shaharlar», «qulay investitsiya muhiti yaratish» va hokazolar haqidagi so‘zlar quruq gap bo‘lib qoladi»

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov.

Foto: «Xabar.uz»

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov «Facebook»dagi sahifasida energetikani rivojlantirish sohasidagi innovatsion g‘oyalarsiz, mamlakat rahbariyati tomonidan ilgari surilayotgan modernizatsiya bo‘yicha barcha istiqbolli rejalarni amalga oshirib bo‘lmasligini ta’kidladi.

— Quyidagi grafik aholi boshiga elektr energiyasi iste’moli ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘plab qo‘shni davlatlardan orqada ekani, shuningdek, hozirda uning darajasi 1990-yilgi ko‘rsatkichdan ham ancha past bo‘lgan kamdan-kam mamlakatlardan biri ekanligimizni ko‘rsatadi, — qayd etdi u.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlari.

Vazir o‘rinbosarining yozishicha, aholi soni o‘sishi sur’ati saqlanib qolgan taqdirda va mutaxassislarning elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishga tushirilishi borasidagi dastlabki prognozlaridan kelib chiqib, hatto 2025-yilga (!) borib ham, biz 1990-yilgi ko‘rsatkich darajasiga yeta olmaymiz.

Aynan ushbu ko‘rsatkichning haqiqatda o‘zgarishisiz, «aqlli shaharlar», «sanoatlashtirish», «qulay investitsiya muhiti yaratish», «axborot jamiyati», «hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish» va hokazolar haqidagi so‘zlarning barchasi quruq gap bo‘lib qoladi.

«Bizda yagona energetika vazirligi yo‘qligini hisobga olib, barcha manfaatdor bozor ishtirokchilari («O‘zbekenergo», «O‘zgidroenergo», Energiya tejash milliy kompaniyasi) bilan olimlarni jalb etgan holda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha aniq maqsadli marralar belgilangan energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha real konsepsiyani birgalikda ishlab chiqishga tayyormiz. Ushbu masalaga befarq bo‘lmagan ekspertlarni  qo‘shma ishchi guruh faoliyatida qatnashishga taklif qilamiz», — deb yozadi Sherzod Shermatov.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring