Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «Xalq ta’limi muammolari yuzasidan 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushdi»

Sherzod Shermatov: «Xalq ta’limi muammolari yuzasidan 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushdi»

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov sohaga oid takliflar so‘rab, «Facebook»dagi sahifasida xalqqa murojaat bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

Xalq ta’limi vaziri shu kungacha yuborilgan takliflar soniga aniqlik kiritgan. 

«Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimi mamlakatimiz kelajagi uchun eng muhim sohalardan ekanligi haqida alohida ta’kidlab o‘tilgan edi. Bu haqiqatda xalqimiz uchun juda dolzarb soha ekanligini birgina mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha odamlardan yig‘ilgan onlayn-forma orqali yuborilgan takliflar sonidan ham bilsa bo‘lar ekan: 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushibdi, xali ham davom etayapti.

Endi ushbu takliflarni tahlil qilib, ularni tizimli ravishda yechimini topish bo‘yicha ishlashimiz kerak. Hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqayapmiz va imkoni boricha ushbu loyihada yechimi tez bo‘lishi mumkin masalalarni kiritishga harakat qilamiz. Yangi tuzilma tasdiqlanib, Vazirlikda samarali ishlaydigan komandani shakllantirib olganimizdan keyin esa tizimli ravishda muammolar yechimi bo‘yicha ishlanadi» deb yozgan Sherzod Shermatov o‘zining «Facebook»dagi rasmiy sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring