Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahonning navbatdagi jangi Toshkentda o‘tkaziladimi?

Shohjahonning navbatdagi jangi Toshkentda o‘tkaziladimi?

Foto: «Sports.uz»

Yengilmas professional bokschi Shohjahon Ergashevning janglari ko‘plab muxlislarimizni qiziqtirib kelmoqda. Xususan, uning navbatdagi jangini qachon va qayerda o‘tkazishi haqidagi xabarlarni ko‘pchilik kutmoqda.

«Sports.uz» portalining xabar berishicha, Shohjahonning navbatdagi jangi 10-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi mumkin.

– Men ham «Showtime» telekanali navbatdagi jangimni Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida eshitdim, – deydi Shohjahon. – Menejerim Oleg Bogdanov bilan bog‘langanimda uning ham bundan xabardor ekanini bildim. Lekin bu hozircha faqat reja, hali rasmiy axborot berilgani yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men o‘z muxlislarim ko‘z o‘ngida ringga chiqishni orzu qilaman.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring