Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri: «TATU xalqaro miqyosda o‘z raqobatbardoshliligini oshirib borishi zarur»(video)

AKT vaziri: «TATU xalqaro miqyosda o‘z raqobatbardoshliligini oshirib borishi zarur»(video)

Foto:«Xabar.uz»

26 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.  

Vazir nutqida 2019 yilda universitet ilmiy salohiyatini oshirishning ahamiyatli masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Foto:«Xabar.uz»

Sh.Sodiqovning ta’kidlashicha, universitet muntazam ravishda xalqaro miqyosda o‘z raqobatbardoshliligini oshirib borishi zarur.

Foto:«Xabar.uz»

Uchrashuv doirasida 2018-yilda universitetning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini hamda fan doktori (DSk) ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilarga, ularning ilmiy rahbarlariga, ilmiy maslahatchilariga, shuningdek, «Scopus» va «Web of science» ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda va OAK ro‘yxatida keltirilgan xorijdagi nufuzli jurnallarda chop etilgan maqola uchun mualliflarga bir martalik mukofot pullari topshirildi. Shuningdek, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Elektronika, radiotexnika ilmiy tekshirish jamiyati stipendiyasi sovrindorlariga guvohnoma va sertifikatlar topshirildi, shuningdek, universitetning «Yil talabasi» mukofotlandi.

Foto:«Xabar.uz»

2018 yil hisobi bo‘yicha Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida 17 nafar o‘qituvchi-xodimlar falsafa doktori (PhD), 6 nafar o‘qituvchi-xodim esa fan doktori (DSk) ilmiy darajasini oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring