Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Singapur olimlari havo shari yordamida insonni stratosfera qatlamiga chiqaradi

Singapur olimlari havo shari yordamida insonni stratosfera qatlamiga chiqaradi

Singapurlik olimlar birinchi bor boshqariladigan havo sharini stratosferaga chiqarish niyatida.

Foto: «YouTube»

Singapurlik olimlar birinchi bor boshqariladigan havo sharini stratosferaga chiqarish niyatida. Bu haqda «In.Genius» kompaniyasi rahbari Lim Sen ma’lum qildi, deb xabar berdi «Hi-News».

Lim Senning ta’kidlashicha, parvoz uchun nomzod tanlab bo‘lingan — g‘oya mualliflari loyihada ishtirok etish niyatini bildirgan 26 nafar uchuvchi orasidan eng yaxshisini tanlab oldi.

Rejalarga ko‘ra, uchuvchi ulkan havo shariga mahkamlangan maxsus kapsula — statostat yordamida havoga ko‘tariladi. Kapsulada mo‘’tadil bosim va Selsiy bo‘yicha 17—25 daraja iliq havo bo‘ladi. Bu esa uchuvchiga dengiz sathidan 19200 metr balandlikka, insonning qoni qaynab ketishi mumkin bo‘lgan stratosfera qatlamiga maxsus qurilmalarsiz chiqish imkonini beradi.

Aslida mazkur loyihani Singapur davlati tashkil topganining 50 yillik yubileyi munosabati bilan 2015-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi, biroq kompaniya belgilangan vaqtga qadar ishlarini yakunlashga ulgurmadi.

Kompaniya o‘tgan yili havo shari yordamida uchuvchisiz boshqariladigan kapsulani sinovdan o‘tkazgan edi, undan keyinroq stratosferaga sichqon chiqarilgan. Umumiy qiymati 7,6 million dollar bo‘lgan loyihaning inson ishtirokidagi parvoziga Avstraliyaning Alis-Spring shahrida start berilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring