Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UZDIGITAL TV» xizmatlari endi Sirdaryoda!

«UZDIGITAL TV» xizmatlari endi Sirdaryoda!

Foto: «Xabar.uz»

«UZDIGITAL TV» MChJ yurtimiz aholisini muborak Ramazon oyi bilan qutlaydi! Sizga va yaqinlaringizga qut-baraka va salomatlik tilaydi.

Sirdaryo viloyati –  «UZDIGITAL TV» raqamli televideniyesi xizmatlari bilan qamrab olingan so‘nggi viloyatdir. Texnik va tashkiliy ishlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, 2019-yil may oyidan boshlab Sirdaryo viloyati aholisi sifatli tasvir, ovoz va kontentdan bahra olishmoqda.

Endilikda har bir mijoz o‘z oilasi yoki korxona xodimlari uchun mos telekanallar to‘plamini tanlashi, joriy aksiya va bonuslardan foydalanishlari hamda yuqori sifatli xizmatlar va zamonaviy texnologiyalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

«UZDIGITAL TV» xizmatlariga ulanish uchun Guliston shahar, A.Navoiy ko‘chasi 45-uy va Sirdaryo shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 131-uy manzili bo‘yicha hamda shahar va tuman pochta bo‘limlariga tashrif buyuring.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyidan boshlab «UZDIGITAL TV» xizmatlariga ulanish uchun qurilmalarni ortiqcha foizsiz va qo‘shimcha to‘lovlarsiz, bo‘lib to‘lash evaziga xarid qilishingiz mumkin.

Qurilmani bo‘lib to‘lash orqali xarid qilish uchun kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi va STIR (INN) taqdim etishning o‘zi kifoya. Kompaniya xodimlari Siz bilan tezda shartnoma imzolab, o‘zingiz va yaqinlaringizni xursand qilishingizga imkon yaratadi.

«UZDIGITAL TV» Siz va yaqinlaringiz uchun g‘amxo‘rlik qiladi!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring