Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 24 kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Sirdaryoda 24 kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Sirdaryoda 24 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi.

Foto: «Sirdaryo.uz»

Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 24 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi.

Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilfuza O‘ralova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayevlar tantanaga tashrif buyurganlarni qutladilar. 

– Men Guliston davlat universiteti professoriman. Ammo O‘zbekistonning haqiqiy fuqarosi  emasligim, yuragimdagi kemtik edi. Ana endi saylash va saylanish huquqiga ham ega bo‘ldim. Shunday imkoniyatlarni yaratib bergan hurmatli Yurtboshimizga mingdan ming rahmatlar aytaman, – deydi Hayitvoy Mirhaydarov.

– Fuqaroligim bo‘lmagani men uchun ko‘nglimda armon  edi. Bugun quvonchim cheksiz, – deydi Shirin shahri «Farhod» mahallasi S. Funk ko‘chasida yashovchi Kamola Qodirqulova. – Bugun orzu-armonlarim ushaldi, O‘zbekiston Respublikasi pasportini qo‘limga oldim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring