Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda mansabdorlar «Obod qishloq»ning 1,5 mlrd pulini «yeb ketdi»

Sirdaryoda mansabdorlar «Obod qishloq»ning 1,5 mlrd pulini «yeb ketdi»

DXX 2020 — 2021-yillarda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan avtomobil yo‘llari va «Obod qishloq» dasturiga asosan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazgandi.

Tekshiruv davomida mazkur korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 1 mlrd. 525 mln. so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha DXX tomonidan Surxondaryoda 8 nafar davlat xizmatchisi yig‘ilish jarayonida qo‘lga olingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring