Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda ikki «Neksiya» to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Sirdaryoda ikki «Neksiya» to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Joriy yilning 3-mart kuni «Neksiya-2» rusumli avtomashinasi Xovos tumani hududidan o‘tuvchi magistral yo‘lida «Neksiya-3» rusumli avtomashinasining old qismiga urilishi oqibatida 3 nafar shaxslar vafot etishgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi. 

Shu va shunga o‘xshash ko‘ngilsizliklarni kamaytirish maqsadida 14-mart kuni Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasidagi faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilingan.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlar va qonun buzilishlar bo‘yicha 377 marotaba xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra 53 nafar xodimlar intizomiy jazoga tortilgan, 21 nafari lavozimidan ozod etilib, 2 nafari ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari orasida hamon korrupsion jinoyatlar davom etib kelayotganligi, fuqarolarga nisbatan asossiz va noqonuniy ma’muriy bayonnomalar tuzish holatlariga barham berilmayotganligi aytildi.

Viloyat prokuraturasi tomonidan ma’muriy qarorlarni qonuniyligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda 87 ta noqonuniy qarorlarga protest keltirilib, bekor qilindi, 55 nafar fuqarolarni buzilgan huquqlari tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring