Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda siri fosh bo‘lgan soxta «GAI» xodimi haqiqiy «GAI»dan qochdi

Ohangaronda siri fosh bo‘lgan soxta «GAI» xodimi haqiqiy «GAI»dan qochdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan.

Joriy yilning 12-mart kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan «Toshkent – O‘sh» va «A-373 Guliston – O‘sh» magistral avtomobil yo‘lida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida shubhali «soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi» xizmat olib borayotgani haqida xabar kelib tushadi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida «A-373 Guliston – O‘sh» magistral avtomobil yo‘lining 124-chaqirimida yo‘l chetida «Neksiya» rusumli avtomashina old o‘rindig‘ida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bo‘lgan shaxsdan o‘zini tanishtirish so‘ralganida xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatib, fuqarolik kiyimida bo‘lgan haydovchi avtomashinani katta tezlikda Ohangaron shahri yo‘nalishida boshqarib, qochib ketadi.

Ichki ishlar xodimlarining sa’y-harakatlari bilan avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, haydovchi Angren shahar Nurobod qo‘rg‘onida yashovchi S.J. avtomashinani tegishli hujjatlarsiz, mast holatda boshqargani, yonida bo‘lgan soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi Ohangaron tumanida yashovchi X.X. ekani aniqlandi.

Ulardan ichki ishlar organlari xodimlarining bushlati, Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori jileti va jezla tayoqchasi olindi.

Surishtiruvlar mobaynida ushbu shaxslar ilgari ichki ishlar organlarida bir muddat xizmat olib borishgani, o‘zlarining salbiy xatti-harakatlari sababli xizmatdan bo‘shatilgani, xizmatdan bo‘shatilgandan keyin ham ichki ishlar organlari xodimi libosini kiyib, sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun sudlangani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring