Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirtqi ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi. Xo‘sh?

Sirtqi ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi. Xo‘sh?

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim masalalariga bag‘ishlangan «Qonunchilikdagi yangiliklar» brifingi va matbuot anjumanida o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim sohasi mutaxassislari kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanganligini ham ma’lum qilishgan. Demak unga ko‘ra:

-sirtqi ta’limga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

-kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi;

-yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Shuningdek, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

«Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha sinov;

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring