Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brauzer orqali musiqa yaratish imkonini beradigan «Song Maker» servisi ishga tushirildi

Brauzer orqali musiqa yaratish imkonini beradigan «Song Maker» servisi ishga tushirildi

Foto: «Layfxaker»

«Google» kompaniyasi musiqa bastalashni istaganlar uchun yangi «Song Maker» servisini taqdim etdi. Uning yordamida qisqa vaqt ichida to‘laqonli musiqiy kompozitsiyani yozish va hatto unga o‘zingizning shaxsiy vokalingizni ham qo‘shishingiz mumkin, deb yozadi «Layfxaker».

Servisning ishchi sohasi katakchalarga ajratilgan bo‘lib, u yerga notalar turli ranglarda joylashtiriladi. Gorizontal musiqaning yangrash davomiyligini, vertikal esa uning balandligini bildiradi. Unda klavishalar, torli va puflama cholg‘ular, shuningdek, sintezator va marimbalar ovozidan foydalanish mumkin. Eng quyida turgan chiziq turli zarblar uchun javob beradi.

Kursor orqali katakchalarga bosib, uning ichiga nota joylashtiriladi — shu bilan birga paydo bo‘lgan musiqani eshitish mumkin. Pastki o‘ng tarafdagi mikrofonni yoqqan holda esa ovoz yozsa bo‘ladi.

Trek tayyor bo‘lganidan so‘ng, uni saqlab qo‘yishingiz va do‘stlaringizga yuborishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring