Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonlarga nima bo‘lgan o‘zi? Endi «iPhone»lar portlashni boshladi

Smartfonlarga nima bo‘lgan o‘zi? Endi «iPhone»lar portlashni boshladi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Ikki kun ichida «Apple Store»ning turli markazlarida ikkita «iPhone» batareyalari portlab ketdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

O‘tgan kuni Shveysariyaning Syurix shahrida «Apple Store» xodimi gadjetning yonib ketishi oqibatida kuyish jarohatlarini oldi. Noxush hodisa joyida 7 kishi bo‘lgan. Ularning ayrimlariga yordam ko‘rsatilgan, biroq hech biri shifoxonaga olib borilmagan.

Bugun, 11-yanvar kuni Ispaniyaning Valensiya shahridagi «Apple Store» do‘konida ta’mirda bo‘lgan «iPhone»  smartfonining akkumulyatori portlab ketishi oqibatida yonib ketgan. Xodimlar yong‘inni tezda o‘chirgan va tutunga to‘lib ketgan do‘konning derazalarini ochib tashlagan. Qurilmaning portlashi oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan bo‘lsa-da, voqea joyiga uch nafar o‘t o‘chiruvchi va politsiyachi yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Apple» eski «iPhone»larning ishlashini ataylab sekinlashtirayotganini tan olgan edi. Kompaniya buni eski batareyalardagi muammolarni bartaraf etish bilan izohlagan. Natijada «iPhone 6»va undan eski modellarning batareyalarini almashtirish 79 dan 29 dollarga qadar tushirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring