Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq davlat maslahatchisi Islom Karimov bilan bog‘liq tarixiy voqealarni yodga oldi

Sobiq davlat maslahatchisi Islom Karimov bilan bog‘liq tarixiy voqealarni yodga oldi

Foto: InoSMI

Islom Karimov fondining «Feysbuk» tarmog‘idagi sahifasida sobiq davlat maslahatchisi Narzulla Jo‘rayevning birinchi Prezidentimiz haqidagi xotiralari e’lon qilindi.

— Islom Karimovda prognozlash xususiyati shunchalik kuchli ediki, u jarayonlarning natijasini boshqalardan oldinroq ko‘ra olardi. Dunyo voqealarini ham, mamlakatning ichki hodisalarini ham oldindan payqay olardi. Ana shu fazilat uni boshqa davlat rahbarlaridan farqini ko‘rsatib qo‘yar edi, — deya xotirlaydi sobiq davlat maslahatchisi.

Jo‘rayev bunga misol qilib, 1995-yili iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Ashxobod sammitini misol keltirgan.

— O‘sha paytlar endigina mustaqil bo‘lganimizga 4 yil bo‘lgandi. Ozarboyjon, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etayotgan sammitda Eron va Turkiya rahbarlari ham ishtirok etishdi. Ular go‘yoki yosh respublikalarga «katta og‘alik» qilish, rahnamolik qilish qabilida o‘zaro manfaatlar raqobati paydo bo‘lib qoldi. Ikki davlat rahbari siyosiy ta’sir o‘tkazish, siyosiy imidj borasida kurashlar davom etayotganda Islom Karimov so‘z so‘raydi.

— Biz iqtisodiy hamkorlik davlatlari rahbarlari bu yerda to‘plandik. Demak biz faqat iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishimiz kerak, — deydi Islom Karimov. — Agar bizning uchrashuvimizga kimdir siyosiy tus berib, allaqanday siyosiy imidjlar, siyosiy reytinglarni da’vo qiladigan bo‘lsa, men butun mas’uliyatni zimmamga olib aytamanki, O‘zbekiston delegatsiyasi zalni tashlab chiqib ketadi.

Bu juda katta jasorat edi. Bu — o‘sha paytlarda hamma davlat rahbari ham ayta oladigan gap emasdi, — deydi Jo‘rayev.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring