Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq xaker AQSh prezidenti bo‘lish niyatida

Sobiq xaker AQSh prezidenti bo‘lish niyatida

Foto:«AP»

2020-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashishni niyat qilganlardan biri, demokrat Beto O‘Rurk o‘smirlik paytida «Cult of the Dead Cow» xakerlik guruhining a’zosi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi yozmoqda. 

Ta’kidlanishicha, yillar davomida O‘Rurkning xakerlarga aloqadorligi uning siyosiy faoliyatiga xalal bermasligi uchun yashirib kelingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp o‘z lavozimini saqlab qolish niyatida. O‘Rurk esa Rossiya aralashuvi  bilan davlat tepasiga kelganlikda ayblangan Trampdan impichment talab qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring