Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sochida tog‘ ko‘chkisi sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Sochida tog‘ ko‘chkisi sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Foto: «Korrespondent.net»

Rossiyaning Sochi shahridagi dam olish maskanida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Ko‘chki oqibatida ikki chang‘i uchuvchi halok bo‘lgan.

«Hodisa tog‘ning 2300 metr balandigida yuz berdi. U yerda qor ko‘chgan. Natijada bo‘ron xavfi sabab yopiq bo‘lgan trassada chang‘i uchayotgan ikki kishi jarohatlangan», - deyiladi Rossiya FVV xabarida.

Qutqaruvchilar sportchilarni qor ostidan chiqarib olishgan va ularga yordam ko‘rsatishgan. Ammo sportchilar shifoxonaga ketayotganda vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring