Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq tekshiruvlarining turlari belgilandi

Soliq tekshiruvlarining turlari belgilandi

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mavzuli ekspress-o‘rganish soliq nazorat shakli sifatida kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mavzuli ekspress-o‘rganish kameral nazorat natijalari bo‘yicha joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi.

Soliq tekshiruvlarining turlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan tekshiruvlar;
  • vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar. Ilgari rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar amalda bo‘lgan.

Vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish);
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida o‘tkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni tahlil etish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‘ra tekshirish.

Vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • yuridik shaxs tugatilishi bilan o‘tkaziladigan tekshirish;
  • ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
  • qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini tekshirish;
  • taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish bo‘yicha tekshiruv;
  • o‘z faoliyatini rasman to‘xtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning faoliyatini tekshirish.

Qonun 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring