Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliqchi pora bilan ushlandi

Soliqchi pora bilan ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va Xorazm viloyati prokuraturasi xodimlari soliq xodimini pora olayotgan vaqtida qo‘lga oldi, deb xabar berdi «Uznews».

Bog‘ot tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan Q.X. soliq tizimida o‘ziga ishonib topshirilgan mansab vakolatidan foydalangan holda moddiy boylik orttirishni rejalashtirib oldi.

U o‘zining yoniga biror joyga ishga kirishida yordam so‘rab kelgan tanishiga bajonidil yordam berishini bildirib, «ozgina xarajati» borligini suhbat orasida eslatib o‘tadi.

2018-yilning 5-iyun kuni Xorazm viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, o‘zi talab qilgan 1000 AQSh dollarini olayotgan Q.X. jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Xorazm viloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilovning xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 28-211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring