Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud raisiga pora berishga uringan qo‘shni davlat fuqarosi qo‘lga olindi

Sud raisiga pora berishga uringan qo‘shni davlat fuqarosi qo‘lga olindi

Foto: «iz.ru»

Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi B.Najibulloh yaqindagina sudlangandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi hukmiga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining 30 (o‘ttiz) baravari miqdorida jarima jazosiga hukm qilingan edi. Sud jazo tayinlar ekan, insonparvarlik tamoyilini yetarlicha ko‘rsatgandi aslida. Ya’niki, hukm chiqarish jarayonida JKning 57-moddasi qo‘llangan, bu sudlanuvchiga qonunda belgilangangan eng kam jazodan ham kamroq chora ko‘rilganini anglatadi.

B.Najibulloh buni anglab yetdimi-yetmadimi — bilmadikku-ya, ko‘ngli bundanam yengilrog‘ini xohlagani aniq. Hukmga ko‘ra, uning «Samsung Galaxy S8+» rusumli uyali aloqa telefonini yo‘q qilish hamda o‘zini O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilinishiyam qayd etilgandi. Biroq u buni istamadi, nima qilib bo‘lsa ham O‘zbekistonda qolish chorasini izladi. Va hukmning «deportatsiya qilish» qismini o‘zgartirib berish evaziga pora  berishdek «chora» topdi go‘yo...

2019-yil 13-may kuni tegishli organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.Najibulloh jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi K.Nazarovga xizmat xonasida 500 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Qaniydi, hamma sudyalar K.Nazarovga o‘xshasa...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring