Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudan bir oy internetsiz yashadi

Sudan bir oy internetsiz yashadi

Foto: «AiF»

Sudanda bir oylik «tanaffus»dan so‘ng internet tiklanmoqda. Bu haqda «TeleSur» kanali xabar berdi.

Xartum sudi qaroriga ko‘ra, «MTN» va «Sudany» telekommunikatsiya kompaniyalari doimiy asosda xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat oldi. Bu Sudanning yarim aholisi global tarmoqqa ulanishi mumkinligini anglatadi. Qolganlar ham ulanishi uchun uchinchi server ishini tiklash kerak bo‘ladi.

Sudan hukumati vazifasini bajarib kelayotgan harbiy kengash yangi norozilik namoyishlari va qurbonlar ko‘payishining oldini olish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarni bloklab o‘tirmasdan bir yo‘la internetni o‘chirib qo‘ygandi. O‘shanda harbiy kengash vakili Shamsaldin Kabashi ijtimoiy tarmoqlar milliy xavfsizlik uchun tahdid uyg‘otayotganini aytib, qachonki vaziyat o‘nglanishi bilan internet qayta yoqilishiga va’da bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring