Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superliga g‘olibiga 1 milliard so‘m mukofot puli beriladi

Superliga g‘olibiga 1 milliard so‘m mukofot puli beriladi

Foto: O‘FA Matbuot xizmati

Joriy yilda yangi format, yangi ko‘rinishdagi superliga va pro-liga bahslarining yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta’minlash maqsadida, o‘zbek futboli tarixida birinchi marta Supreliga va Pro-liga, shuningdek, ayollar futboli va mini-futbol bahslarida g‘oliblar uchun mukofot pullari joriy qilinmoqda.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, superligada g‘olib chiqqan jamoaga 1 milliard so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari kuchli 6ta o‘rinni egallagan jamoalar ham mukofot pullariga ega bo‘lishadi.

Pro-liga g‘olibiga esa 300 million so‘m beriladi. 2 va 3-o‘rin sohiblari ham rag‘batlantiriladi.
Quyida superliga, pro-liga, ayollar futboli va mini-futbol musobaqalari g‘olib va sovrindorlariga beriladigan mukofot pullari miqdori bilan tanishishingiz mumkin:

Superliga
1 o‘rin uchun 1 000 000 000,00
2 o‘rin uchun 800 000 000,00
3 o‘rin uchun 700 000 000,00
4 o‘rin uchun 600 000 000,00
5 o‘rin uchun 500 000 000,00
6 o‘rin uchun 400 000 000,00

Pro-liga
1 o‘rin uchun 300 000 000,00
2 o‘rin uchun 200 000 000,00
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Ayollar futboli
1 o‘rin uchun 300 000 000,00
2 o‘rin uchun 200 000 000,00
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Mini futbol
1 o‘rin uchun 300 000 000,00
2 o‘rin uchun 200 000 000,00
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring