Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi «svet» narxi kamida 3 yil o‘zgarmaydi

Endi «svet» narxi kamida 3 yil o‘zgarmaydi

Foto:«Uznetpress»

Hukumat qarori bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Hujjat bilan, tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Iste’molchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar bo‘yicha foydalanishini ta’minlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023-yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari belgilandi.

Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring