Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailandda 20 kishi avtobusda tiriklay yonib ketdi

Tailandda 20 kishi avtobusda tiriklay yonib ketdi

Foto: «The Nation»

Bugun, 30-mart kuni Tailandda 50 kishiga mo‘ljallangan avtobusda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida myanmalik 20 nafar mehnat muhojiri halok bo‘ldi. Yong‘in sababi hali aniqlangani yo‘q. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Mazkur fojia Tak provinsiyasida sodir bo‘lgan. Fojiada tirik qolgan guvohning aytishicha, yong‘in avtobusning o‘rta salonidan boshlangan va orqa qismiga tezlik bilan tarqalgan. Haydovchi avtobusni to‘xtatgan va u bilan birga 24 yo‘lovchi ham chiqishga ulgurgan. Orqa salondagi 20 nafar mehnat muhojiri esa tiriklayin yonib ketgan.

Yong‘in xavfsizligi va politsiya xodimlari mazkur ish yuzasidan tergov o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring