Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabaga uyini bergan ijaradorlar o‘tgan yili 13 mlrd so‘mga yaqin soliq imtiyozi olgan

Talabaga uyini bergan ijaradorlar o‘tgan yili 13 mlrd so‘mga yaqin soliq imtiyozi olgan

O‘tgan yili uylarini talabalarga ijaraga berganlar qariyb 13 mlrd so‘m daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lishgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soliq organlarida 2022-yilda 325 513 ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Bunda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 223,5 mingta ijara shartnomalari asosida 159,3 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 27,8 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 44,3 foizga oshgan.

Talabalar bilan esa 47 730 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 79 989 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 12,7 mlrd so‘mdan ortiq imtiyoz qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring