Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim olishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga qanday jazo bor?

Ta’lim olishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga qanday jazo bor?

Fuqarolarimiz orasida yoshlarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotganlar ham uchramoqda.

Foto: «Huffingtonpost.com»

O‘zbekistonda ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarning ta’lim dargohlarida chuqur bilim olishlari uchun ham respublikada barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq shunga qaramay, fuqarolar orasida yoshlarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotganlar ham uchramoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan mazkur murojaatga e’tibor bering: «Kollejda ikkinchi bosqichda o‘qiyman. Ota-onam chet elda. Menga qarab turish uchun amakimni biriktirib qo‘yishgan. Ammo amakim mening darslarga borishimga qarshilik qilmoqda».

Bilim olishga intilayotgan yosh avlodga bo‘lgan bunday nohaqlikni qanday baholash mumkin? Afsuski, oramizda ta’lim olish uchun hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘layotgan fuqarolar ham bor. Ammo, mamlakatimizda har bir nohaqlikka yarasha javobgarlik belgilangan. Zero, qonunga zid ravishda amalga oshirilgan har qanday ishga nisbatan jazo muqarrar.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ham voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishlari shartligi hamda ularning maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgar ekanliklari qayd etilgan.

Xo‘sh, yuqoridagi murojaat bo‘yicha qonunlarimizda qanday javobgarlik belgilangan? Mazkur savolga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bobur Karimov quyidagicha javob berdi:

— O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksnining 47-moddasiga muvofiq, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga ega. Agar bir fuqaro boshqa bir fuqaroning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, u holda o‘sha inson qonun oldida javob beradi. Shu bois, o‘z huquqingizni biling va uni qonun doirasida himoya qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring