Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX va PPX xodimlariga tan jarohati yetkazganlar ushlandi

YPX va PPX xodimlariga tan jarohati yetkazganlar ushlandi

Foto: «iiv.uz»

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 25-mart soat 23.30larda, Toshkent shahar IIBB YPX inspektori kichik serjant E.Ergashev va IIBB JTSB PPX brigadasi haydovchisi safdor B.Isroilov A.Fitrat ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtlarida shu ko‘chada shovqin solib harakatlanib kelayotgan 1991-yilda tug‘ilgan S.Mustafina hamda 1992-yilda tug‘ilgan K.Mirahmedov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinalarini to‘xtatishgan.

Inspektor haydovchi S.Mustafinadan avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilishni so‘raganida, ikkala avtomashinada mast holda bo‘lgan yo‘lovchilar – 1990-yilda tug‘ilgan M.Freyberger, 1995-yilda tug‘ilgan R.Mirahmedov, 1994-yilda tug‘ilgan D.Maxmadovlar xodimlarning oldiga kelib faol qarshilik ko‘rsatganlar.

Shundan so‘ng shu hududda xizmat olib borayotgan IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi safdori K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayevlar yordamga kelganida, ularning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayevlarning bosh hamda yuz qismlariga urib jarohat yetkazishgan. Natijada safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Jo‘rayev IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida M.Freyberger, R.Mirahmedov va D.Maxmadovlar ushlanganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring