Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanasining 16 joyidan pichoqlangan homilador ayol farzandini dunyoga keltirdi (video)

Tanasining 16 joyidan pichoqlangan homilador ayol farzandini  dunyoga keltirdi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan, homilador kelinoyisiga 16 marta pichoq urilgan qayni uka 15 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

Shifokorlar jabrlanuvchi ayolning hayotini saqlab qolishgan va u o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. Bu haqda «Sevimli» kanalining «Zamon» ko‘rsatuvida hikoya qilinadi.

Jarroh O‘tkir Oripovning bildirishicha, bemor jarrohlik stoliga tekshiruv natijalarini kutmasdan yotqizilgan. Operatsiya jarayoni 3-4 soat davom etgan.

Yaman davlatida ishlab, tajriba orttirgan shifokor Bog‘ibek Rahimovga ko‘ra, eng xavfli jarohat qorin bo‘shlig‘i va jigarga yetkazilgan, ko‘rilgan choralar tufayli ayolning hayoti saqlab qolingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring