Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli aktyor Tohir Saidov MIB xodimlari bilan uchrashdi

Taniqli aktyor Tohir Saidov MIB xodimlari bilan uchrashdi

Foto: MIB

Bugun, 13-iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi vakillari, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda joylarda aholi va yoshlarni tabiiy boyliklarimizga nisbatan tejamkorona hamda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ulardagi energiya resurslariga bo‘lgan iste’mol madaniyatini yanada shakllantirish masalalariga to‘xtaldi.

So‘zga chiqqanlar iste’mol madaniyatiga hamma birdek amal qilishi, moddiy ne’matlarga ayniqsa, ehtiyotkorona va oqilona foydalanish zarurligi, bu har bir fuqaroning avvalambor konstitutsiyaviy burchi ekani ta’kidlandi.

Bunday tadbirlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad fuqarolarimizga iste’mol madaniyatini shakllantirish, energiya resurslarini asrab-avaylash va undan oqilona foydalanish, to‘lov intizomiga amal qilishga undashdan iboratdir.

Tadbir yakunida, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bu kabi tadbirlarni yanada hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring