Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanishini otib qo‘ygan jizzaxlik ovchiga hukm o‘qildi

Tanishini otib qo‘ygan jizzaxlik ovchiga hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

Ibrohim Mardonov (barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) tanish bo‘lgan ovchi o‘rtoqlari bilan ov maqsadida Forishga yo‘l olayotganida ulardan birini otib qo‘yishini qaydan bilibdi?!

Tanishlar  tumanning Amangeldi QFY hududidagi «Aydarko‘l» orolida ov qilishayotgandi. Hammaning kayfiyati yaxshi. Yaxshiroq o‘lja tushsa, kayfiyat yanayam ko‘tariladi. Biroq buning aksi bo‘ldi: Ibrohim o‘ziga tegishli 12-kalibrli, 2 silliq stvolli o‘qotar qurolidan ehtiyotsizligi natijasida sherigi – Sirojiddin Vafoyevni otib qo‘ydi!

Uning bunday xatti-harakati O‘zbekiston Respublikasi JK 102-moddasining 1-qismi (ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirish) bilan malakalanib, tegishli jazo tayinlandi.

Jazo tayinlashda aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, oilada yagona boquvchiligi, marhumning oila a’zolariga yetkazilgan zararlarni o‘z ixtiyori bilan to‘liq qoplagani, jabrlanuvchi tomonning da’vosi yo‘qligi kabi yengillashtiruvchi holatlar inobatga olindi. Natijada tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosi shartliga almashtirilib, 1 yil sinov muddati belgilandi.

G‘iyosiddin Yalgashev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring