Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tank biatloni endi O‘zbekistonda (video)

Tank biatloni endi O‘zbekistonda (video)

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Bugun 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab mamlakatimizdagi birinchi tank biatloni maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tank biatloni ishtirokchilariga ulkan zafarlar tiladi.

Shundan keyin shaxsiy tarkib, jangovar va harbiy texnikalarning tantanali o‘tishi hamda vertolyotlarning ko‘rgazmali uchishi namoyish etildi. Unda mingdan ziyod harbiy xizmatchi va o‘ttizdan ortiq urush yillaridagi va bugungi harbiy texnikalar tantanali marsh bilan o‘tdi. Maydon uzra ikkita vertolyotda O‘zbekston bayrog‘i tantanavor olib o‘tildi. Ishg‘ol usulida harbiy xizmatchilarning vertolyotlardan desant bo‘lib tushishi ko‘rsatildi. Harbiy orkestr va harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tadbirning asosiy qismida ikki tank ekipajining musobaqada ko‘rgazmali tarzda belgilangan to‘siqlardan o‘tishi va mashq shartidagi nishonlarni yakson etishi ko‘rsatildi.

G‘olib va sovrindor jamoa kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto:Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Ishtirokchilarga dala sharoitida front orti ta’minotining tashkillashtirilishi ham namoyish etildi. Tantanada Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

2017-yilda Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida «ArMI-2017» uchinchi xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston harbiylari ilk bora ishtirok etib, 29 ta tanlovning 8 tasida umumjamoa hisobida 1 ta kumush va 4 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 2017-yilning oktyabrida Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida 29 ta mamlakatning 139 ta jamoasidan iborat qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida vakillarimiz faxrli ikkinchi o‘rinni zabt etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring